» » Koronavirusga qarshi qat’iy cheklovlar joriy etishdan voz kechgan Shvetsiya jiddiy iqtisodiy qiyinchilikka duch keldi

Koronavirusga qarshi qat’iy cheklovlar joriy etishdan voz kechgan Shvetsiya jiddiy iqtisodiy qiyinchilikka duch keldi


Koronavirusga qarshi kurash doirasida qat’iy cheklovlarni joriy etishdan bosh tortganiga qaramay, Shvetsiya keng ko‘lamli iqtisodiy inqirozga va ishsizlik darajasining oshishiga duch keldi, deb yozmoqda Bloomberg.

Shvetsiyaning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida mamlakatda ishsizlik prognoz qilinganidan ham oshib, 7,9 foizga ko‘tarildi.

Mavsumiy omillarni hisobga olmaganda, ko‘rsatkich 8,2 foizni tashkil etadi. Ammo agentlik tahlilchisi Yoxann Yenssonning so‘zlariga ko‘ra, agar tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab tiklanmasa, ishsizlik darajasi 17 foizgacha ko‘tarilishi mumkin.

Ishsizlik ortib borayotgan bir paytda hukumat ish beruvchilarni ishdan bo‘shatishni osonlashtiradigan va arzonlashtiradigan qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Bunday taklif kasaba uyushmalari va muxolifat tomonidan tanqidga uchragan. Agar bunday tuzatishlar qabul qilinsa, muxolifat yetakchilari mamlakat bosh vaziri Stefan Levenga ishonchsizlik votumini e’lon qilish bilan tahdid qildi.

Bir hafta avval Bloomberg Shvetsiya Ikkinchi Jahon urushidan buyon eng yomon iqtisodiy tanazzulga yuz tutishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Mamlakat moliya vaziri Magdalena Anderssonning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya iqtisodiyoti 2020-yilda 7 foizga pasayadi.

Koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda Shvetsiya hukumati mamlakatda qat’iy cheklovlar qo‘yishni rad etib, nostandart yondashuvni tanladi. Jamoat joylari, kafelar, boshlang‘ich maktablar va bolalar bog‘chalari ochiqligicha qoldi. Faqat 50 kishidan ortiq odam yig‘ilishiga taqiq qo‘yildi xolos. Aholiga ijtimoiy masofa saqlash, imkon qadar uydan turib ishlash va keksalar bilan yaqindan turib muloqotda bo‘lmaslik tavsiya etilgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusga chalinganlar soni 33,8 ming kishidan oshgan. Kasallik qurbonlari soni esa 4 ming kishidan ortiq.

Mavzuga doir: Shvetsiyalik olim karantinsiz rejim ko‘proq odamlarni koronavirusdan saqlab qolishi mumkinligini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют