» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 17 kishiga oshib, 2624 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 17 kishiga oshib, 2624 nafarga yetdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (26 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lsa, yana 1 nafari (45 yoshli ayol) Toshkent viloyatidan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 12 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, yoshi kichigi 20 yoshda. Hududlar kesimida Farg‘ona, Xorazm va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan, 2 nafari esa Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 940 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 955 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 426 nafarni tashkil etmoqda.

Andijon viloyatida tuzalganlarning 2 nafari ham ayol (65 yoshli va 46 yoshli) bo‘lib, Andijon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 169 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan avval O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2 607 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endi esa bu ko‘rsatkich 2 624 nafarni tashkil etmoqda.

Koronavirusga chalinganlarning umumiy soni esa 26-may soat 10:00 da 46 kishiga ko‘payib, 3 261 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют