» » Konor Makgregor chempionlik jangida ishtirok etmaydi. UFC prezidenti buni tasdiqladi

Konor Makgregor chempionlik jangida ishtirok etmaydi. UFC prezidenti buni tasdiqladi


UFC prezidenti Deyna Uayt ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregor yaqin orada sovrin uchun jang qilmasligini ma’lum qildi.

Irlandiyalik yakkakurashchi so‘nggi jangini yarim og‘ir vazn toifasida o‘tkazgan va unda Donald Serroneni 40 soniya ichida nokautga uchratgandi. Mazkur toifa chempioni Kamaru Usmon hisoblanadi.

“Usmonning keyingi raqibi quyidagi uch nafar jangchidan biri bo‘ladi: Kolbi Kovington, Xorxe Masvidal, Leon Edvards. Shu uchchovidan biri, ammo Konor emas”, — deydi Uayt.

31 yoshli Makgregor MMA’da 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. U jami 26 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alaba qozongan (19 tasi muddatidan avval) va 4 marta mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Konor yengil va o‘rta yengil vazn toifalari sobiq chempioni hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют