» » Yevropa Ittifoqi Xitoyning harakatlari sababli Gonkongning avtonomiyasiga putur yetishidan xavotirlanmoqda

Yevropa Ittifoqi Xitoyning harakatlari sababli Gonkongning avtonomiyasiga putur yetishidan xavotirlanmoqda


Yevropa Ittifoqi Xitoyning harakatlari natijasida “bitta mamlakat, ikkita tizim” prinsipiga va Gonkong avtonomiyasiga putur yetishidan xavotirlanmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Jozep Borrelning yozma bayonotida so‘z borgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Yevropa Ittifoqi Xitoyning 28-mayda boshlangan, uning xalqaro majburiyatlariga (Xitoy va Buyuk Britaniyaning 1984-yildagi qo‘shma deklaratsiyasi) va Gonkongning asosiy qonuniga muvofiq bo‘lmagan harakatlaridan xavotirda ekanligini bildiradi. Bu ‘bitta davlat, ikkita tizim’ prinsipiga va Gonkong avtonomiyasining yuqori darajasiga jiddiy putur yetkazadi”, — deyiladi bayonotda.

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning qarori uning xalqaro majburiyatlarni bajarishga bo‘lgan intilishini shubha ostiga qo‘yadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi bundan keyin ham Xitoy bilan muloqotda mazkur masalani ko‘taradi.

Bayonot Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklida o‘tgan norasmiy yig‘ilishidan keyin e’lon qilingan. Yig‘ilishning asosiy mavzusi Xitoy—Yevropa munosabatlari bo‘lgan.

Yig‘ilish yakunida Borrel jurnalistlarga Xitoy bilan muammoni yechishda sanksiyalarni kerakli usul deb hisoblamasligini ma’lum qilgan.

Xitoy xalq vakillari majlisi deputatlari 28-may kuni “Gonkong maxsus ma’muriy hududida milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha huquqiy tizim va huquqni qo‘llash mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish haqidagi qaror”ni qabul qildi. Mazkur qaror Xitoy xalq vakillari majlisining doimiy qo‘mitasiga Gonkong uchun maxsus milliy xavfsizlik haqidagi qonun loyihasini ishlab chiqishni topshiradi. Avvalroq South China Morning Post gazetasi mazkur qonunni qabul qilish uchun Xitoy xalq vakillari majlisining doimiy qo‘mitasiga ikki hafta kerak bo‘lishi haqida ma’lum qilgan, bu esa qonunning avgust oyida kuchga kirishi mumkinligini bildiradi.

Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va AQSh tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotga ko‘ra, Xitoy hukumatining mazkur qarori Buyuk Britaniya va Xitoy tomonidan imzolangan avtonom hudud haqidagi deklaratsiya qoidalariga zid hisoblanadi. O‘z navbatida, Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan boshqa davlatlarni Gonkongning ishiga aralashishni bas qilishga chaqirgan.

Avvalroq Donald Tramp Gonkong erkinligini cheklamoqchi bo‘lgan Xitoyga qarshi kuchli javob qaytarish bilan tahdid qilgandi. Xitoy esa AQShga Gonkong ishiga aralashmaslik borasida tahdid qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют