» » O‘zbekistonda viloyatlararo avtobuslar harakatiga ruxsat berildi

O‘zbekistonda viloyatlararo avtobuslar harakatiga ruxsat berildi


Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi. Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda “yashil” hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi.

Bunda:

Shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi keng miqiyosda tarqalishining oldini olish maqsadida 27-mart dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatilgandi. Ushbu cheklov faqat yuk tashuvlari bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalari va ularning haydovchilariga nisbatan tatbiq etilmagandi.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin 15-iyungacha uzaytirilgani hamda “Yashil” hududlarga to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berilgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют