» » Ilon Mask Cybertruck pikapida yerosti tunneli bo‘ylab sayr qildi (video)

Ilon Mask Cybertruck pikapida yerosti tunneli bo‘ylab sayr qildi (video)


Jay Leno’S Garage shousining yangi qismida boshlovchi Jey Leno Ilon Mask bilan uchrashib, Tesla Cybertruck elektropikapida sayr qildi. Ular birgalikda Los-Anjelesda qurilgan yerosti tunneli bo‘ylab harakatlanishdi, deb xabar beradi Motor.

Video elektropikap dizaynini muhokama qilishdan boshlanadi. Boshlovchining fikricha, Cybertruck nafaqat boshqa pikaplarga o‘xshamaydi, balki kompaniyaning qolgan barcha modellaridan ham farq qiladi. Tesla dizayneri Frans don Xolsxauzen Cybertruck yukxonasining eshigini ko‘rsatar ekan, Ilon Mask uning ustiga chiqib, konstruksiya mustahkamligini namoyish etadi.

Tunnelga yetib borgunga qadar Tesla rahbari Cybertruck’ni seriyali ishlab chiqarish jarayonida uning shu dizayni va o‘q o‘tkazmaydigan xususiyati saqlab qolinishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, elektropikap oddiy garajga sig‘a olishi uchun uning o‘lchamlarini besh foizga kichraytirish kerak.

Ulkan o‘lchamiga qaramay, Cybertruck tunnelga kira olgan va uning oxiriga hech qanday muammosiz yetib borgan. Shundan so‘ng, u maxsus platforma yordamida yuqoriga ko‘tarilgan.

Tesla Cybertruck modelining ilk seriyalari 2021-yil oxiri borib ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Elektropikapning minimal narxi 39 990 dollar.

Mavzuga doir: Tesla Cybertruck elektropikapi suvda ham suza olishi ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют