» » Dillian Uayt Taysonning katta sportga qaytishi haqida: “Agar u ringda vafot etsa nima bo‘ladi?”

Dillian Uayt Taysonning katta sportga qaytishi haqida: “Agar u ringda vafot etsa nima bo‘ladi?”


Boks bo‘yicha WBC yo‘nalishi vaqtinchalik chempioni Dillian Uayt boks afsonasi Mayk Taysonning ringga qaytishi mumkinligiga o‘z munosabatini bildirdi.

Avvalroq 53 yoshli Tayson yana professional darajada ringga chiqishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Uaytning so‘zlariga ko‘ra, bu ahmoqona qaror.

“Agar Tayson qaytsa-yu, ringda vafot etsa nima bo‘ladi? Bizning sportimizda avval ham bunday qora dog‘lar va razilliklar bo‘lgan, bu bizga boshqa kerak emas. U uch daqiqadan 12 raund turib bera oladimi? Meni noto‘g‘ri tushunmang, ehtimol uning kuchi hali ham ko‘plab yigitlarni nokautga uchratishga yetar, lekin bu yoshda tana har doim ham miya xohlagan narsani qilishga qodir bo‘lmaydi”, — deydi Uayt.

Oldinroq Tayson Fyuri Mayk Taysonga qarshi jang qilishga rozilik bergani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют