» » Qirgiziston bilan chegaradagi nizo oqibatida Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan

Qirgiziston bilan chegaradagi nizo oqibatida Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan


Qirgizistonda Botken viloyatining Qadamjoy tumanida ikkita yongin holati kuzatilgan. Bu haqda Qirgiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib Turmush.kg xabar bermoqda.

Xabarga kora, Birlik fuqarolar yiginining Chechmeqishlogida 40 kvadrat metr maydondagi uy, shuningdek, 60 kvadrat metr xonadon omborxonasi yonib ketgan. Yongin sabablari aniqlanmoqda.

Keyinroq Qirgiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 31-may kuni qirgiz-ozbek chegarasidagi Qadamjoy tumanining Chechmeqishlogidagi 60 kvadrat metr maydonga ega omborxona yonib ketganini tasdiqlagan.

Eslatib otamiz, Ozbekiston hamda Qirgiziston davlat chegarasidagi hududda 2020-yil 31-may kuni Chechme bulogi suvidan foydalanish borasida ikki davlat fuqarolari ortasida janjal kelib chiqqan. Ushbu suv ozaniBotken viloyatidagi Qadamjoy tumanining Birlik ayil aymogida joylashgan.

Qirgizlarning Chechme qishlogi hamda Fargona viloyatining Sox tumanidagi Chashma qishlogi aholisi ortasidagi mojaro, taxminan, soat 12:30 larda boshlangan va ikki tomon bir-birlariga turli buyumlar, toshlar uloqtirgandi. Ozbekiston DXX Chegara qoshinlari Chashma bulogi oldida 31-may, yakshanba kuni ikki mamlakat fuqarolari ortasida ziddiyat kelib chiqqanini tasdiqlagan va vaziyat toliq nazoratga olingani, mojaroning sabab hamda oqibatlarini bartaraf etish boyicha tegishli choralar korilayotganini bildirgan.Qirgiziston bosh vaziri orinbosari Akram Madumarov esa vaziyatning keskinlashuviga yol qoyilmasligini qayd etgan.

Keyinchalik 31-may kuni yuz bergan mojaro oqibatida 187 nafar ozbekistonlik kasalxonaga yotqizilgani, mojaro oqibatida Ozbekiston hududidagi uchta xonadonda yongin yuz bergani, bosh vazir Abdulla Aripov zarar korgan oilalar xonadonlarining qisqa muddatda tiklab berilishini aytgani haqida xabarlar berilgan.Shavkat Mirziyoyev chegaradagi voqea yuzasidan Qirgiziston prezidenti bilan muloqot qilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-06-2020, 22:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -