» » Ravon R2 Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan xetchbeklar o‘nligiga kirdi

Ravon R2 Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan xetchbeklar o‘nligiga kirdi


“Avtostat” tahlil agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ravon R2 avtomobili Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan xetchbeklar ro‘yxatining o‘ninchi o‘rnidan joy oldi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.

Agentlik 2017-yilning yanvar—fevral yakunlari bo‘yicha yangi yengil avtomobillar bozorida tadqiqot o‘tkazdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnidan Lada Granta liftbeki joy oldi. Ushbu model hisobot davrida 4 189 dona sotilib, sotuv hajmi 4,2 foizga kamayganligini ko‘rsatdi.

Ikkinchi o‘rinni “AvtoVaz”ning yana bir vakili Lada Xray egalladi (3 698 dona; +294,7 foiz). Reyting uchinchi o‘rindan 3 204 nusxada sotilgan Renault Sandero joy oldi (uch foizga kamaygan).

Ravon R2 xetchbek o‘ninchi o‘rinni egalladi. Hisobot davrida 372 dona avtomobil sotilgan.

2017-yilning ikki oyi davomida jami 20,1 ming nusxada xetchbek sotilgan. Bu o‘tgan yilgi natijadan 4,5 foizga kamdir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют