» » Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari ro‘yxatida Alisher Usmonov 5, Iskandar Mahmudov esa 19-o‘rinni egalladi

Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari ro‘yxatida Alisher Usmonov 5, Iskandar Mahmudov esa 19-o‘rinni egalladi


Forbes jurnalining Rossiyada chop etiladigan nashri mamlakatning 2017-yildagi eng badavlat tadbirkorlari reytingini e’lon qildi. 

Reytingga 200 nafar biznesmen kiritildi. Ularning jami boyligi yil davomida 100 milliard dollarga oshib, 460 milliard dollarga yetdi. Ro‘yxatga “kirish” 500 million dollardan (o‘tgan yili 350 million dollar) boshlandi. Reytingning birinchi o‘nligida qayd etilish uchun tadbirkor 12,4 milliard dollarga (o‘tgan yili 8,7 milliard dollar) ega bo‘lishi lozim. 

Mazkur ro‘yxatni qatorasiga ikkinchi yil “Novatek” kompaniyasi egalaridan biri Leonid Mixelson 18,4 milliard dollar bilan boshqardi. Ikkinchi o‘rinni “Severstal” kompaniyasi sohibi Aleksey Mordashov (17,5 milliard dollar) egalladi. Uchinchi o‘rinda 16,1 milliard dollar bilan Novolipetsk metallurgiya kombinati xo‘jayini Vladimir Lisin qayd etildi. 

Alisher Usmonov reytingda 15,2 milliard dollar bilan 5-o‘rinni egalladi. Yana bir o‘zbekistonlik Iskandar Mahmudov esa 6,5 milliard dollar bilan 19-o‘rinda qayd etildi.

Alisher Usmonov mazkur ro‘yxatda o‘tgan yilga nisbatan ikki qator pastlagan bo‘lsa, Iskandar Mahmudov, aksincha, ikki pog‘ona yuqoriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют