» » O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanmoqda

O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanmoqda


O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanmoqda. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mart oyida “O‘zavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grup Rus” o‘zaro hamkorlik kelishuvini imzolagan bo‘lib, uning doirasida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi “Jizzax avtomobil zavodi” MChJ kompaniyasi bazasida yengil tijoriy avtomobillarni ishlab chiqarish tashkillashtiriladi.

Hamkorlik Volkswagen Caddy modelini ishlab chiqarish va sotish bilan boshlanadi. Korxona quvvati yiliga 20 minggacha avtomobilni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda “Jizzax Auto” zavodining qurilish ishlari yakunlanib qolgan. Zavodning asosiy qismi va ofislar qurilishi bitgan va foydalanishga topshirilishga tayyor.

Yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish maqsadida O‘zbekistonga Volkswagen Caddy avtomobillarining bir qismi keltirilib, ular sertifikatsiya bo‘yicha vakolatli organlarga iqlim sinovlari va omologatsiya bo‘yicha maxsus tekshiruvlardan o‘tkazish uchun topshirilgan. Hozirda “O‘zstandart” agentligi tomonidan sertifikatsiyalash va transport vositalarining amaldagi normativ hujjat talablariga muvofiqligini tasdiqlash, jumladan, sertifikatsiyalovchi organ tomonidan nazorat iqlim tekshiruvlari va umumiy texnik reglament talablariga binoan boshqa sinovlarni o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bir vaqtning o‘zida “Jizzax Avto” MChJ tomonidan Volkswagen dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridagi qator dilerlik korxonalar hamkorlik qilish uchun tanlab olingan. Ta’kidlanishicha, Volkswagen Caddy rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

“Har bir diler korxonalarining loyihalari alohida, Volkswagen mijozlarining avtosalon hududi bo‘ylab qulay harakatlanishiga yo‘naltirilgan kompaniyaning konsepsiyasiga muvofiq tasdiqlandi. Hozirda Volkswagen standartlariga muvofiq yangi dilerlik markazlarini qurish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, ularning barchasi xaridorlarga sifatli servis xizmatini ko‘rsatish uchun zamonaviy jihozlar bilan jihozlanadi”, — deydi “Jizzax Avto” bosh direktori Oybek Ayubov.

Bundan tashqari, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida “Jizzax Avto” kompaniyasi va dilerlik korxonalari xodimlarini Volkswagen brendi global standartlariga muvofiq o‘qitish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilgan. Qayd etilishicha, 2020-yil may oyida Volkswagen kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida mahsulot savdosini yuritish va avtomobillarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ilk o‘quv treninglar o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, Volkswagen Caddy — 7 o‘rindiqli (5-o‘rindiqli ko‘rinishi ham mavjud) yo‘lovchi va yuk miniveni. Avtomobil ham biznes yuritishga, ham oilaviy foydalanish uchun to‘g‘ri keladi. Tejamkor va texnologik (MPI) dvigatel 1,6 litr quvvatga ega, benzinda ishlaydi. Yoqilg‘i sarfi – shaharda 100 kilometrga 9,3 litr, trassada 100 kilometrga 6,1 litr.

Avvalroq Jizzaxda Peugeot-Citroen avtomobil zavodi loyihasi yopilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “O‘zavtosanoat” Jizzaxda Peugeot avtomobil zavodi qurilishi nega to‘xtab qolgani haqida: “Muammo — fransuzlarda!”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют