» » Video: Ozbekistonda otkazilayotgan 30 kishilik toylar

Video: Ozbekistonda otkazilayotgan 30 kishilik toylar


Ozbekistonda koronavirus epidemiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan etiboran ommaviy tadbirlar, xususan, toy-marosimlarning otkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan song toy marosimlarini otkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qozgatildi.

Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan yashil toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, toy, maraka va marosimlarni 30 kishidan kop bolmagan holda otkazishga ruxsat berildi.

Ruxsat tegishi bilan, masalan, 1-iyun kuni Olmaliqda karantin talablari asosida, kopi bilan 30 kishi ishtirokida otkazilayotgan toyning suratlari tarqaldi. Songgi kunlarda esa mamlakatning turli nuqtalaridagi yashil hududlarda 30 kishi ishtirokida otkazilayotgan marosimlari tarqaldi.

Foydalanuvchilar ularning ayrimlarini 1990-yillarda hovlilarda otkazilgan toylarga oxshatgan, boshqalar esa tor doiradagi marosimni ham 300 kishilik toy muhitida otkazishga ishtiyoq topa olayotganlarni olqishlagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yana bir videoda marosim ishtirokchilari ayniqsa bolalar hisobiga ruxsat etilganidan koproqdek korinadi. Bunga: 12 yoshdan kichik bolalar 30 kishiga qoshilmaydi, deya hazil aralash munosabat bildirilgan.

Yana bir guruh foydalanuvchilar koronavirus jamiyat hayotining koplab jihatlariga salbiy tasir qilgan bolsa-da, ozbek xalqini toy balosidan qutqarishda juda qol kelganini, bunday kamchiqim va tartibli toy otkazish ananasini karantindan keyin ham saqlab qolish lozimligini takidlagan.

Mavzuga doir:

Malumot uchun, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga kora, yashil hududlarda oilaviy tantana, toy, maraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining ozida, faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar bilan, sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda otkazishga ruxsat beriladi.

Oz navbatida karantin davrida oilaviy tantana, toy, maraka va marosimlarni otkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun mamuriy javobgarlikka tortiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (3-06-2020, 15:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -