» » Shvetsiyaning bosh epidemiologi mamlakatda karantindan voz kechish xato bo‘lganini birinchi marta tan oldi

Shvetsiyaning bosh epidemiologi mamlakatda karantindan voz kechish xato bo‘lganini birinchi marta tan oldi


Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell birinchi marta omma oldida u tomonidan taklif qilingan koronavirusga qarshi kurash strategiyasi xato bo‘lganini va juda ko‘p o‘limga olib kelganini tan oldi. Epidemiolog tomonidan taklif qilingan strategiya o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishdan bosh tortishni nazarda tutgandi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Tegnellning aytishicha, agar Shvetsiya mazkur strategiyani tanlamaganda, koronavirusga qarshi yaxshiroq kurashgan bo‘lardi.

“Agar biz hozir ega bo‘lgan bilimimiz bilan mazkur kasallikka duch kelganimizda Shvetsiya tanlagan va qolgan butun dunyo tanlagan usullar o‘rtasidagi maqbulini tanlagan bo‘lardik”, — dedi Tegnell.

Mavzuga doir: Pandemiyada karantinda o‘tirmagan yagona Yevropa davlati. Shvetsiyaning koronavirusga qarshi strategiyasi butun dunyoga yoyilmoqda

Tegnellning mazkur bayonotiga “Shved demokratlari” partiyasi raisi Jimmi Akesson munosabat bildirdi. U epidemiologning pozitsiyasi o‘zgarganini “hayratlanarli” deb atadi. “Bir necha oy davomida doimiy ravishda barcha tanqidlar rad etildi. Shvetsiya barchasini to‘g‘ri qildi, qolgan butun dunyo noto‘g‘ri qildi. Endi esa birdan bu gap”, — deb yozgan siyosatchi Twitter’da.

Shvetsiya Yevropa Ittifoqida epidemiyani to‘xtatish uchun izolyatsiya rejimini joriy qilmagan, maktablar va jamoat joylarini yopmagan yagona mamlakat hisoblanadi. Mamlakatning milliy strategiyasi aholida jamoaviy immunitet shakllanmaguncha yoki zarur vaksina paydo bo‘lmaguncha, sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukning ortib ketishining oldini olish maqsadida koronavirusning bir tekisda tarqalishini taxmin qilgan. Shvetsiya 50 kishidan ortiq odam qatnashadigan ommaviy tadbirlarni bekor qildi, biroq restoranlar, do‘konlar, sport klublari va maktablar ishlashda davom etdi. Tegnell mazkur strategiyaning muallifi bo‘lgan, hukumat unga epidemiyaga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishni topshirgandi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon Shvetsiyada 38 589 kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 4468 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi qat’iy cheklovlar joriy etishdan voz kechgan Shvetsiya jiddiy iqtisodiy qiyinchilikka duch keldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют