» » So‘x tumani Ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

So‘x tumani Ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi


So‘x tumani Ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, “Xabar.uz” ma’lum qildi.

3-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari So‘x tumani kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Qosimjon Rahimberdiyev So‘x tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ta’kidlanishicha, tuman IIBning yangi rahbari So‘x tumanida tug‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yildan buyon So‘x tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlangan edi.

Mavzuga doir: “Shuhrat G‘aniyev va boshqa rahbarlar yetib kelib, vaziyatning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymagan” — Abdulla Aripov So‘xdagi mojaro haqida

Ma’lumot uchun, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют