» » Farg‘onada telefon orqali uchrashuvga chaqirib, ayolning tilla ziraklarini olib qo‘ygan shaxs ushlandi

Farg‘onada telefon orqali uchrashuvga chaqirib, ayolning tilla ziraklarini olib qo‘ygan shaxs ushlandi


Farg‘onada 31-may kuni soat 10:00 larda noma’lum shaxs 37 yoshli Z.T.ga qo‘ng‘iroq qilib, uni uchrashuvga taklif etgan. Uchrashuv vaqtida u ayolni kaltaklab, qulog‘idagi ziraklarni olib qochgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxs Z.T.ga o‘zining yashash uyini ko‘rsatish bahonasida uni xilvat joyga olib borgan va qo‘llari bilan uni ura boshlagan. Shundan so‘ng, ayolning qulog‘idagi bahosi 2,1 million so‘mlik ziraklarini yechib olib, hodisa joyidan yashiringan.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 27 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, Z.T.ga tegishli 2 dona tilla zirak o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (“Talonchilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют