» » Toshkentda kvartira olish uchun 4 yoshli o‘g‘lini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Toshkentda kvartira olish uchun 4 yoshli o‘g‘lini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBBda 20-aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilinishicha, 2017-yil 13-aprelda Chilonzor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A. o‘zining to‘rt yoshli o‘g‘lini fuqaro B. ga 14100 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismining “a” bandi bilan (“odam savdosi” jinoyati alomatlari bilan) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi A. ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, voyaga yetmagan yosh bola Toshkent shahar IIBBga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.

Brifingda ayblanuvchi ayolning ko‘rsatmasi namoyish etildi. O‘z bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayolning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u Qashqadaryo viloyatidan bo‘lib, 2017-yil 12-aprelda Toshkent shahriga kelgan. U o‘z tanishiga qo‘ng‘iroq qilib, bolasini yaxshiroq oilaga tarbiya qilib olish uchun bermoqchiligini, uni tarbiyalashda qiynalib ketganini aytgan.

Shundan so‘ng u tanishi bilan Chilonzorda uchrashib, bola evaziga bir xonali uy olib berishni so‘ragan. Tanishi unga bir xonali uy narxini bilib berishni, uning AQSh dollarida qancha bo‘lishini aniqlashtirishni aytgan. Ayol 97 million so‘mga bir xonali uy sotib olish mumkinligini va bu 14100 AQSh dollari bo‘lishini aniqlashtirib, tanishiga aytgan.

Ayol o‘z pasportining nusxasi orqasiga bolasini 14100 AQSh dollariga sotgani va bolani sotib olayotgan shaxsni bezovta qilmasligi haqida tilxat yozib bergan. Ayol bolasini sotib, 14100 AQSh dollarini sanab olayotgan vaqtda ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют