» » Toshkentda xizmat guvohnomasini qalbakilashtirgan “mayor” qo‘lga olindi

Toshkentda xizmat guvohnomasini qalbakilashtirgan “mayor” qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBBda 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda qalbaki xizmat guvohnomasi bilan o‘zini IIV xodimi deb tanishtirgan shaxs qo‘lga olingani ma’lum qilindi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan blok-postda xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan Toshkent viloyatiga chiqib ketayotgan fuqaro Bo‘ronov boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda haydovchi o‘zini O‘zbekiston IIV shaxsiy tarkib bilan ishlash inspeksiyasi boshlig‘i, mayor Bo‘ronov deb tanishtirgan va xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan.

Surishtiruv jarayonida ushbu guvohnoma qalbakilashtirilgani aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi va  shu moddaning uchunchi qismi (rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va undan foydalanish jinoyati alomatlari) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahar IIBB fuqarolardan, agar biror kishi mazkur fuqaroning qalbakilashtirilgan xizmat guvohnomasiga ishonib, uning aldoviga uchgan bo‘lsa, ichki ishlar idoralariga xabar berishni so‘raydi.

Toshkent shahar IIBB murojaati

Bo‘ronovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda millionlarni o‘zlashtirgan 25 yoshli “podpolkovnik” qo‘lga olindi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют