» » Yozda qanday kiyinmaslik kerakligini 6 ta obraz misolida tahlil qilamiz

Yozda qanday kiyinmaslik kerakligini 6 ta obraz misolida tahlil qilamiz


Yozda kiyinish borasidagi trendlar bilan birga, qulaylik va ob-havoni ham inobatga olish kerak.

“Velosipedka”

“Velosipedka” — tizzadan kalta bo‘lgan, yumshoq matoli, tor shorti. Mazkur shorti so‘nggi ikki yil ichida street style’da dolzarb bo‘lib kelganiga qaramay, jazirama kunlarda u bilan obraz yaratish tavsiya qilinmaydi. Chunki issiqda yopishib turadigan kiyim-kechakdan ko‘ra, havo o‘tkazadigan, yengil va keng libos kiygan ma’qul.

Qaddi-qomatni aks ettiradigan trikotaj

Trikotaj qulay, ammo undan tikilgan liboslarni erta bahor va salqin kuzda kiygan yaxshi. Uning o‘rniga shoyidan tikilgan o‘rta uzunlikdagi yubka kiyish tavsiya qilinadi.

Yopishib turadigan shim

Qaddi-qomatni aks ettirib turadigan shimlar allaqachon urfdan qoldi. Uning o‘rnini bel qismi baland shimlar, yubkaga o‘xshash keng “klyut”lar egalladi. Mazkur modellar yozda kiyish uchun yaxshi variant, chunki tor bo‘lmagani hisobiga harakatlanish oson.

Rezinkali shorti

Rezinkali shorti yozda kiyish uchun ayni muddao, lekin qulay degani dam olish oromgohlari, sohildan boshqa joyga kiyish kerak degani emas. Yozda shorti kiyishni sevuvchilar e’tiborini klassik uslubdagi yoki belida bog‘ichi bor modellarga e’tibor qaratishi tavsiya qilinadi. Bunda mato yupqa va bo‘sh bo‘lmasligi va kofta yoki futbolkaning minimal uslubdagisini tanlashni unutmang.

Uzun ko‘ylak

Uzun va keng ko‘ylak qulay va yoz uchun ayni muddao, faqat modellarni tanlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Suratning chap tarafida ayni vaqtda urfdan qolgan, o‘ng tarafida bo‘lsa dolzarb bo‘lgan model.

Kalta jinsi sarafan

Jinsidan tikilgan liboslar hech qachon modadan qolmaydi, lekin uslub va bichim borasida trendlar o‘zgarib turadi. Shuni inobatga olgan holda yozda kalta keng jinsi sarafan modellaridan voz kechib, tizzagacha tushib turadigan, tugmali sarafanni tanlash tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют