» » Bolasini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol, harakati vaqtincha to‘xtagan “Toshkent—Andijon” poyezdi, Tojikistonga avtomobil yetkazib beradigan “O‘zavtosanoat” va kunning boshqa muhim xabarlari

Bolasini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol, harakati vaqtincha to‘xtagan “Toshkent—Andijon” poyezdi, Tojikistonga avtomobil yetkazib beradigan “O‘zavtosanoat” va kunning boshqa muhim xabarlari


20-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekiston hukumati tarkibidagi so‘nggi o‘zgarishlar. Hukumat portali hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida xabar berdi.

2. “Toshkent—Andijon” poyezdi harakati vaqtincha to‘xtatildi. Ayni vaqtda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini arzonlashtirganini e’lon qildi. Ular orasida “Toshkent—Andijon” yo‘nalishi ham bor.

3. “O‘zavtosanoat” Tojikistonga yengil avtomobillar yetkazib berishni boshlaydi. Hujjatlar Dushanbeda o‘z ishini yakunlayotgan O‘zbekiston sanoat mahsulotlari milliy ko‘rgazmasi doirasida imzolandi.

4. Toshkentda 10 kunlik chaqalog‘i bilan uydan haydalgan oilaga xonadon kaliti qaytarildi. “Sud yakuniy qarorni aytmaguncha bu uyda yashovchilarni, ayniqsa, chaqalog‘i bor oilani uydan quvib chiqarish oddiy insoniylik mezonlariga ham to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlandi”.

5. Toshkentda kvartira olish uchun 4 yoshli o‘g‘lini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. O‘z bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayolning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u Qashqadaryodan bo‘lib, 12 aprel kuni Toshkentga kelgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют