» » O‘zbekistonda 8-iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida harakatlanishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda 8-iyundan “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida harakatlanishga ruxsat berildi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 8-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi.

Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilish talab etiladi:

Transport vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ushbu talablarga rioya etilishi nazoratga olinadi.

Shu o‘rinda O‘zbekistonda hali karantin cheklovlari bekor qilinmaganligini inobatga olgan holda jamoat transportida harakatlanish vaqtida yo‘lovchilardan karantin talablariga qat’iy amal qilish va ijtimoiy masofani saqlashga e’tibor qaratish so‘rab qolinadi. O‘z navbatida jamoat transportida karantin talablarini buzish tegishli ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют