» » Belarus chempionati. Energetik-BGU safarda maglubiyatga uchradi va 4-oringa tushib ketdi

Belarus chempionati. Energetik-BGU safarda maglubiyatga uchradi va 4-oringa tushib ketdi


Futbol boyicha Belarus chempionatining 12-turidan orin olgan bahsda Energetik-BGU 7-iyun, yakshanba kuni Shaxtyor Soligorsk mehmoni boldi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Vitaliy Lisakovich tomonidan kiritilgan top bahs taqdirini hal qildi. Oyin davomida ustunlik maydon egalari tomonida boldi.Soligorskliklar yana bir qator imkoniyatlarga ega bolgan bolsa-da, raqib darvozasiga bir martadan ortiq yol topa olmadi.

Mazkur bahsda ozbekistonlik futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushdi. Jasur Yaxshiboyev toliq harakat qilgan bolsa, Shahboz Umarov bir bolim oynadi.

Shu tariqa ushbu galabadan song Shaxtyor ochkolarini 24 taga yetkazib olgan holda ikkinchi oringa kotarildi. Energetik-BGU esa (22) 4-pogonaga tushib ketdi.

Belarus Oliy Ligasi

12-tur bahsi

7-iyun, yakshanba

Gol: 1:0 12 Lisakovich.

Shaxtyor Soligorsk: Gutor, Burko, Antich, Xadarkevich, Sachivko, Szoke, Selyava (Bodul, 69), Ivanovich (Podstrelov, 46), Balanovich, Kendish, Lisakovich (Diasamidze, 85).

Energetik-BGU: Sadovskiy, Mavatu, Miroshnikov, Shkurdyuk, Svirepa, Tve, Umarov (Sovpel, 46), Girs, Bakich, Yaxshiboyev, Nosko.

Ogohlantirishlar: Burko (29), Bakich (49), Shkurdyuk (83).

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (8-06-2020, 00:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -