» » Toshkentning Kichik halqa yo‘li ko‘chasidagi kesishmalar ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi

Toshkentning Kichik halqa yo‘li ko‘chasidagi kesishmalar ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi


Toshkent shahridagi Kichi halqa yo‘li ko‘chasida va ushbu ko‘cha bilan boshqa kesishmalarda yo‘lni ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 8-iyun kuni soat 23:00 dan Farg‘ona yo‘li va Kichiq xalqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 8-mart ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining bir tomonida qayta ta’mirlash ishlari boshlanadi.

Shuningdek, Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Muxtor Ashrafiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Jarqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasiga bo‘lgan oraliqdagi ko‘prikning bir tomonlama harakatlanish qismida ham rekonstruksiya ishlari bajariladi.

Poytaxt hokimligi haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

4-iyun kuni Toshkent halqa avtomobil yo‘li ustidan o‘tuvchi avtomobil ko‘prigining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilishi xabar qilingan. Avvalroq esa Sergelida tuman hokimligidan O‘zgarish ko‘prigigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchalik yopilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют