» » O‘zbekistonda yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent aholisi orasida aniqlandi. Ularning ayrimlari virusni qanday yuqtirgani noma’lum

O‘zbekistonda yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent aholisi orasida aniqlandi. Ularning ayrimlari virusni qanday yuqtirgani noma’lum


O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusga chalinish bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Uning ma’lum qilishicha, Respublikada koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahri aholisi orasidan aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha epidemik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Biz kasallikni, afsuski, kimdan, qanday yo‘l bilan tarqalganini, kasallik manbasi kimligini aniqlay olmagan holatlarimiz bor. Shunday ekan, har birimiz ehtiyot choramizni ko‘rishimiz kerak. Birinchi galda o‘zimizni ehtiyot qilsak, oila a’zolarimizni ehtiyot qilgan bo‘lamiz. Doka niqob bu – himoya vositasi, undan foydalanishimiz shart.

Muloqotda masofani saqlashimiz, odamlar to‘plangan joylarga borishdan tiyilishimiz, qolaversa, uyga qaytganda dastlab qo‘llarimizni antiseptik vositalar bilan zararsizlantirishimiz shart”, — deb ta’kidladi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 9-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 4 448 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 3 423 nafari sog‘aygan, virus asoratlaridan 18 kishi vafot etgan.

Bundan avval Nurmat Otabekov koronavirusdan tuzalgan bemorlarda kasallikdan keyin qanday belgilar kuzatilishi haqida ma’lumot bergandi.

Mavzuga doir: Koronavirus konditsioner orqali aylanadigan havodan ham yuqishi mumkinmi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют