» » Paxtachidagi oltin konidan 6 tonna ruda toshlarini tashib ketmoqchi bo‘lgan 39 kishi qo‘lga olindi

Paxtachidagi oltin konidan 6 tonna ruda toshlarini tashib ketmoqchi bo‘lgan 39 kishi qo‘lga olindi


Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Qoraqo‘tan koni karyeridan tarkibida oltin bo‘lgan ruda toshlarini olib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-may kuni Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida kondagi 112-sonli ochiq karyerga tushib tekshirilganida 39 nafar fuqaro tomonidan 200 ta polietilen qopga joylangan 6 tonna 610 kilogramm ruda aniqlangan.

Tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlar hamda 10 ta turli rusumdagi avtomobil, 9 dona elektr uzatgich, 10 dona perfarator kabi asboblar daliliy ashyo sifatida olinib, Paxtachi tumani IIBga topshirilgan.

Mavzuga doir: 

“Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют