» » O‘zbekiston hukumati tomonidan 2020-yilda jalb qilingan qarz miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekiston hukumati tomonidan 2020-yilda jalb qilingan qarz miqdori ma’lum qilindi


O‘zbekiston hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 18,2 milliard dollar yoki yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatan 31,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi chorakda davlat tashqi qarzi 500 million AQSh dollariga yoki yil boshiga nisbatan 2,9 foizga oshib,  1-aprel holatiga ko‘ra 16,11 milliard dollarga (YaIMga nisbatan 27,7 foizga) yetdi.

Shundan:

Davlat ichki qarzi 20 trillion so‘mni (2,1 milliard AQSh dollari) yoki YaIMga nisbatan 3,6 foizni tashkil etdi.

Shundan:

Bildirilishicha, davlat qarzining so‘nggi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me’yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YaIMga nisbatan 31,3 foiz), shu jumladan, davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan 27,7 foiz) mo‘tadil darajada saqlanib qolmoqda.

Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining qarz barqarorligi tahliliga ko‘ra, o‘zining iqtisodiy salohiyati bo‘yicha O‘zbekistonning davlat qarziga xizmat ko‘rsatish salohiyati kuchli hisoblanadi va ushbu mamlakatlarda davlat tashqi qarzi uchun me’yor yalpi ichki mahsulotning 50 foizgacha tashkil etishi mumkin.

2020-yil birinchi choragida davlat qarzi qoldig‘ining o‘sishini shakllantiruvchi asosiy omillar:

Avvalroq O‘zbekiston hukumati tomonidan 2019-yilda jalb qilingan qarz miqdori 17,6 milliard dollarni tashkil etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют