» » O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda 2020-yilda oliy o‘quv yurtlariga kirish sinovlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev 15-iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

Behzod Musayevning aytishicha, 2020-yildagi kirish imtihonlari 1-avgustdan boshlab o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Uning qayd etishicha, hozirgi paytda qilinadigan eng muhim ish abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning hujjatlarini o‘rganib chiqish va imtihonlarni boshlab olish hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, kirish imtihonlari boshlanishining aniq sanasi haqida keyingi brifinglarda to‘liq ma’lumot beriladi.

Shuningdek, magistratura uchun abituriyentlar hujjatlari “magistr.edu.uz” portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi. Hujjatlarni qabul qilish 1-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi. Imtihonlar 3—15-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Behzod Musayevning ma’lum qilishicha, agar ayrim hududlarda epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa, o‘sha hududda test topshirish kunlari yana ortga surilishi mumkin. “Maqsad tezgina testlarni o‘tkazib olib, 1-sentabrdan o‘qishni boshlash emas. Asosiy maqsad abituriyentlarning salomatligini xavf ostiga qoldirmaslik bo‘ladi”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlarining tasdiqlangan kvotalariga ko‘ra, 2020-yilda bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga esa 5025 nafar talaba qabul qilinadi. Magistratura bosqichiga esa 10 425 ta kvota berilgan. Bakalavriat uchun abituriyentlardan hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Bakalavriat uchun kirish imtihonlari faqat ikkita mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 20) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют