» » Karantinda yozgi bolalar oromgohlarining faoliyati qanday tashkil qilinadi? Sanitariya-epidemiologiya davlat bosh inspektori javob berdi

Karantinda yozgi bolalar oromgohlarining faoliyati qanday tashkil qilinadi? Sanitariya-epidemiologiya davlat bosh inspektori javob berdi


AOKA huzuridagi shtabda 15-iyun, dushanba kuni tashkil qilingan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga qarshi chora-tadbirlar va aholini qiziqtirgan muhim savol va murojaatlarga javob qaytardi.

Nurmat Otabekov ota-onalarni qiziqtirayotgan muhim savol, ya’ni karantinda yozgi bolalar oromgohlari faoliyati qanday tashkil etilishi haqida ham ma’lumot berdi.

“Hozirda 80 ga yaqin bolalar oromgohi ish boshlashi rejalashtirilgan. Asos — bolalarni xavfsiz dam oldirish va sog‘lomlashtirishni tashkil qilish Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasinining 26 maydagi 1-sonli bayoniga muvofiq tasdiqlangan dislokatsiya.

Oromgohga dam olish va ishlashga boradigan bolalar va tarbiyachilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ota-onalar va qarindoshlarga bolalarni ko‘rish uchun oromgohlarga borishi, u yerga oziq-ovqat mahsulotlarini olib borishiga ruxsat berilmaydi. Har bir oromgohda epidemiyaga qarshi tegishli tadbirlar belgilangan”, — degan Nurmat Otabekov.

Otabekov karantinda maktablarda kunduzgi oromgohlar faoliyati tashkil etilishi yoki etilmasligi yuzasidan ham izoh berib, maktablar faoliyat yuritmayotganligi sababli maktablar qoshida oromgohlar tashkillashtirilmasligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda kasallikdan keyin qanday asoratlar kuzatilishi ma’lum qilindi

Avval O‘zbekistonda metro faoliyatiga nima uchun ruxsat berilmayotgani tushuntirilgan, karantin cheklovlari sharoitida sanatoriylarga shaxsiy avtomobilda qanday borish mumkinligi aytilgandi.

Mavzuga doir: “Toshkentda kasallik kimdan, qanday yo‘l bilan tarqalgani noma’lum holatlar bor” — Nurmat Otabekov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют