» » Bo‘stonliq tumanida jiddiy zararlangan yo‘l uchastkasi ta’mirlanmoqda

Bo‘stonliq tumanida jiddiy zararlangan yo‘l uchastkasi ta’mirlanmoqda


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Zangori olov” bolalar sog‘lomlashtirish lageriga boradigan yo‘lda 10–90 santimetr kenglikdagi jiddiy yoriqlar yuzaga kelgani oqibatida ushbu uchastkadan foydalanish imkonsiz bo‘lib qoldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

FVV xodimlari Davlat geologiya qo‘mitasi mutaxassislari bilan hamkorlikda 18-aprel kuni asfalt qoplamidagi mazkur zararlanishlarni o‘rganib chiqdi. Yoriqlar nihoyatda keng bo‘lgani bois piyodalar va transport vositalarini xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu yo‘l uchastkasidan harakatlanish vaqtinchalik to‘xtatildi.

Vazirlik matbuot xizmatida ta’kidlanishicha, mazkur yo‘l uchastkasida ta’mirlash va qayta tiklash ishlari boshlab yuborildi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yo‘l yozgi ta’til mavsumiga qadar ochiladi.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют