» » Arablar qo‘liga o‘tayotgan “Nyukasl” Chiro Immobile transferi uchun 135 mln yevro sarflashga tayyor

Arablar qo‘liga o‘tayotgan “Nyukasl” Chiro Immobile transferi uchun 135 mln yevro sarflashga tayyor


“Nyukasl” jamoasi “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib Football Italia xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, “hakkalar” Italiya terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi uchun 135 million yevrodan voz kechishga tayyor. Bu miqdorning 55 millioni “Latsio”dan futbolchini sotib olishga ketsa, yana 80 million Chiro bilan tuziladigan 5 yillik shartnoma uchun sarflanadi. Klub futbolchining hozirgi maoshidan ikki barobar ko‘p pul taklif qilmoqchi. Immobile 5 yil davomida 40 million yevro (soliqlarni inobatga olganda klub 80 million to‘laydi) ishlab oladi.

Yaqin orada “Nyukasl” Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga tegishli fond tomonidan sotib olinadi. Yangi rahbarlar tarkibni kuchaytirish borasida bir qator transferlarga qo‘l urmoqchi.

Immobilening rimliklar bilan shartnomasi 2023-yilga qadar amal qiladi. 2019/20-yilgi mavsumda Chiro A Seriyaning 27 o‘yinida 26 ta gol urdi va ayni damda “Oltin butsa”ga da’vogarlar ro‘yxatida 2-pog‘onada bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют