» » Arablar qoliga otayotgan Nyukasl A Seriya topurari uchun 135 mln yevro sarflashga tayyor

Arablar qoliga otayotgan Nyukasl A Seriya topurari uchun 135 mln yevro sarflashga tayyor


Nyukasl jamoasi Latsio hujumchisi Chiro Immobile xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqdaLa Gazzetta dello Sport nashriga tayanib Football Italiaxabar qilmoqda.

Takidlanishicha, qargalar Italiya terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi uchun 135 million yevrodan voz kechishga tayyor.Bu miqdorning 55 millioni Latsiodan futbolchini sotib olishga ketsa, yana 80 million Chiro bilan tuziladigan 5 yillik shartnoma uchun sarflanadi. Klub futbolchining hozirgi maoshidan ikki barobar kop pul taklif qilmoqchi. Immobile 5 yil davomida 40 million yevro (soliqlarni inobatga olganda klub 80 million tolaydi) ishlab oladi.

Yaqin orada Nyukasl Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga tegishli fond tomonidan sotib olinadi. Yangi rahbarlar tarkibni kuchaytirish borasida bir qator transferlarga qol urmoqchi.

Immobilening rimliklar bilan shartnomasi 2023-yilga qadar amal qiladi. 2019/20-yilgi mavsumda Chiro A Seriyaning 27 oyinida 26 ta gol urdi va ayni damda Oltin butsaga davogarlar royxatida 2-pogonada bormoqda.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (16-06-2020, 21:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -