» » Shvetsiyaning COVID-19 bilan kurashdagi 3 ta xatosi malum qilindi

Shvetsiyaning COVID-19 bilan kurashdagi 3 ta xatosi malum qilindi


Yangi Zelandiya hukumatining ilmiy maslahatchisi, professor Maykl Beykerning malum qilishicha, Shvetsiya hukumati COVID-19 kasalligiga qarshi kurash uchun qattiq karantin choralarini qollashdan bosh tortganida xatoga yol qoygan. Bu haqda RBK xabar berdi.

Uning sozlariga kora, Shvetsiyaning virus bilan kurashdagi yondashuvi uchta notogri farazga asoslangan. Birinchi farazga kora, hatto virus keng tarqalishi sharoitida ham siz xavf guruhiga kiradigan fuqarolarni himoya qila olasiz, biroq shvedlarda bunday bolmadi, deb takidlagan olim.

Avvalroq Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell mamlakat hukumati qariyalar uylarida kasallik ochoqlari paydo bolishining oldini ololmaganini tan olgan, bu esa koplab qariyalarni hayotdan olib ketgan. Bundan tashqari, Shvetsiyada olim darajasi qoshni Norvegiya, Daniya va Finlyandiyadan yuqori.

Mavzugadoir:Shvetsiyaning bosh epidemiologi mamlakatda karantindan voz kechish xato bolganini birinchi marta tan oldi

Shvetsiya hukumatining maslahatchisi tomonidan ilgari surilgan ikkinchi farazga kora, mamlakat aholisida qisqa vaqt ichida jamoaviy immunitet hosil bolishi kerak edi. Bu yerda ham sezilarli siljish bolmadi, dedi Beyker. Statistikaga kora, faqat Stokgolmning ozida COVID-19 bilan shahar aholisining 10 foizdan kamrogi kasallangan. Jamoaviy immunitetni ishlab chiqish uchun esa butun mamlakat boyicha aholining 60 foizi kasallik bilan ogrishi kerak edi.

Uchinchi farazga kora, karantin choralarining yoqligi iqtisodiy qiyinchiliklarni chetlab otishga imkon beradi, biroq bunday umidlar ozini oqlamadi, deya takidlagan Beyker. Yevrokomissiya prognoziga kora, 2020-yil yakunida Shvetsiya yalpi ichki mahsuloti 6,1 foizga pasayadi.

Mavzuga doir:Koronavirusga qarshi qatiy cheklovlar joriy etishdan voz kechgan Shvetsiya jiddiy iqtisodiy qiyinchilikka duch keldi

Beykerning qayd etishicha, u shvetsiyalik ekspertlar va epidemiologlarni shaxsan taniydi va ularni professional sifatida hurmat qiladi. Pandemiya boshlangan vaqtda hech kim qaysi yol togri, qaysisi notogri ekanligini ayta olmasdi. Shvetsiyalik olimlarning fikrlari esa bazi mantiqlarga ega edi. Tan olish kerakki, Shvetsiya xatoga yol qoydi, dedi professor. Shuningdek, u qirollik ozining virusga qarshi kurash strategiyasini togirlashiga umid bildirgan.

Beykerning sozlariga kora, pandemiyaning boshida Yangi Zelandiyada bazi olimlar Shvetsiya tajribasiga qiziqish bildirdi, biroq yakunda mahalliy hukumat kasallikka qarshi kurash uchun tezkor choralar qabul qilgan Osiyo davlatlari tanlagan yoldan ketishga qaror qildi. Bu bizga koplab virus yuqishi zanjirlarini bartaraf etishga, shuningdek, testlar sonini kopaytirishga imkon berdi, dedi Beyker. Uning malum qilishicha, 5 million aholisi bolgan davlatda kuniga 5-10 mingta test otkazilgan. Yangi Zelandiya barcha kasallik ochoqlarini yoq qilib, ijtimoiy masofalanish bilan bogliq barcha cheklovlarni olib tashladi.

Jons Hopkins universiteti malumotlari boyichaShvetsiyada 15-iyun holatiga kora, 52383 kishi koronavirusga chalingan va 4891 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. Yangi Zelandiyada kasallanganlarning umumiy soni 1504 kishini, qurbonlar soni esa 22 kishini tashkil qilmoqda.

Avvalroq Italiyalik shifokor Shvetsiyaning koronavirus boyicha strategiyasini oqilona bolmagan qaror deb atagandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-06-2020, 09:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -