» » Ford kompaniyasi 487 ot kuchiga ega Mustang Mach 1 modelini taqdim etdi

Ford kompaniyasi 487 ot kuchiga ega Mustang Mach 1 modelini taqdim etdi


Ford kompaniyasi yangi Mustang Mach 1 modelini namoyish etdi. Mach 1 so‘nggi 15 yildan buyon mazkur lineykada yaratilgan ilk modelga aylandi, deb xabar beradi Motor.

Sportkar 525 ot kuchiga ega 5,0 litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, u Shelby GT350’ning olti pog‘onali Tremcce 3160 mexanik transmissiyasi yordamida boshqariladi.

Shuningdek, xaridorlarga modelning 10 pog‘onali robot uzatmalar qutisiga ega muqobili ham taklif etiladi. “Podveska”ning alohida detallari va sovutish tizimi Shelby GT350’niki kabi. Mustang Mach 1 kapotida massiv havo panjarasi o‘rniga tor qirqimlar paydo bo‘lgan. Shuningdek, yangi modelga uch o‘lchamli radiator panjarasi o‘rnatilgan.

Klassik Mustang jamlanmasidan 19 dyuymli diskalar o‘rin olgan. Modelni Fighter Jet Grey eksklyuziv kumush rangida, Twister Orange, Velocity Blue va yana besh turdagi rangda buyurtma qilish mumkin.

Ta’kidlanishicha, yangi model 2021-yilning bahorida bozorga chiqadi. Hozircha Mustang Mach 1’ning narxi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yili AQShda Ford kompaniyasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli top menejerlardan biri bo‘lgan, Ford Mustang avtomobili asoschisi Li Yakokk 94 yoshida vafot etgandi.

Mavzuga doir: AQShda 39 yil “izolyatsiyada bo‘lgan” Ford Mustang kimoshdiga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют