» » O‘zbekistonda xostellar o‘z faoliyatini qachondan qayta tiklashi mumkin?

O‘zbekistonda xostellar o‘z faoliyatini qachondan qayta tiklashi mumkin?


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 17-iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatda xostellar faoliyatini qachondan tiklashi va buning uchun qanday talablarga rioya qilishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

Botir Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, xostellar faoliyatiga mehmonxonalar uchun belgilangan vaqtinchalik sanitariya qoida va me’yorlari qo‘llaniladi.

“COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarining qo‘llanilishi sharoitida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya qoida va me’yorlarida mehmonxonalar uchun ishlab chiqilgan talablar xostellar uchun ham amal qiladi”, — dedi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari.

Biroq Botir Qurbonov xostellarning aynan qachon ochilishi haqida aniq ma’lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi “sariq” va “yashil” hududlarda mehmonxonalar faoliyatiga 8-maydan boshlab ruxsat berilgan. 5-iyundan esa mazkur hududlarda mehmon uylarining faoliyatiga ruxsat berildi. O‘zbekistonda ichki turizm 1-iyundan boshlab qayta tiklandi. Xostellar esa hali ham barcha hududlarda yopiqligicha qolmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda nima sababdan to‘yxonalarni ochishga ruxsat berilmayotgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют