» » Habibning ustozi Getjiga qarshi jang haqida: “Bitta zarba hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin”

Habibning ustozi Getjiga qarshi jang haqida: “Bitta zarba hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin”


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes shogirdining Jastin Getjiga qarshi kechadigan jangi haqida fikr yuritdi.

“Agar Jastinning turib jang qilishdagi salohiyatini baholasak, u yaxshi zarbachi, ammo eng zo‘ri emas. Habib mashg‘ulotlarda zarba kuchi Getjinikidan kuchliroq bo‘lgan yigitlar bilan shug‘ullanadi va u shu vaqtga qadar hech qanday muammo sezmagan.

Haqiqatda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Bitta loukik yoki qo‘l zarbasi hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bir narsa aniq, Jastin bu imkoniyatga loyiq edi. U ajoyib jangchi va yorqin kurash olib boradi. Jang ko‘ngilni qoldiradigan bo‘lmasligi aniq”, — deydi Mendes.

Eslatib o‘tamiz, Getji va Habib o‘rtasidagi jang joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют