» » Toshkentda Do‘rmon yo‘li ko‘chasining bir qismi issiqlik magistral quvuridagi ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi

Toshkentda Do‘rmon yo‘li ko‘chasining bir qismi issiqlik magistral quvuridagi ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hududidagi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidagi ikkita ko‘cha bilan kesishma oralig‘idagi yo‘l vaqtincha yopiladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” korxonasi axborotiga tayanib, Toshkent shahar hokimligi xabar qilgan.

“2020—2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari dasturi doirasida 19-iyundan 5-iyulga qadar Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘lidan o‘tgan magistral issiqlik quvurini kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan Do‘rmon yo‘li ko‘chasining Ziyolilar va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasi oralig‘idagi yo‘lning bir tomonlama qatnov qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi”.

Hokimlik matbuot xizmati haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘ragan.

Avval 2020-yilning 10-iyun kuni soat 21:00 dan 12-iyunga qadar Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasining kichik halqa yo‘li bilan kesishmasidan Jomiy maydonidagi aylanma yo‘lgacha, Jomiy maydonidagi aylanma yo‘ldan Usta Shirin ko‘chasining Shiroq ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilgan va mazkur oraliq masofa avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan. Shuningdek, Yashnoboddan kichik halqa yo‘liga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgandi. 8-iyunda Toshkent shahridagi kichik halqa yo‘li ko‘chasida va ushbu ko‘cha bilan boshqa kesishmalarda yo‘lni ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi, Farg‘ona yo‘li va kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 8-mart ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining bir tomoni hamda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Muxtor Ashrafiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Jarqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasiga bo‘lgan oraliqdagi ko‘prikning bir tomonlama harakatlanish qismi yopilishi xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют