» » O‘zbekistonda 2020-yilning 5 oyida 31,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

O‘zbekistonda 2020-yilning 5 oyida 31,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—may oylarida jami 31,5 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2019-yilning mos davriga nisbatan 98,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilingan.

Hisobotda qayd etilishicha, 2020-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 38,3 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 mingtaga ko‘paygan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev karantin davrida qurilish hajmi kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi

Qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili sifatida bino va inshootlar qurish o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga, fuqarolik obyektlarini qurish 32,1 foizga, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining 32,6 foizga o‘sishi ko‘rsatilgan.

2020-yilning yanvar—may oylarida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 8,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2019-yilning mos davriga nisbatan 7,4 foizga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019-yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 2,2 foiz punktga ko‘payib, 25,8 foizni tashkil etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют