Rashidov Qatar chempioni darvozasiga gol urib, “Al-Jaish”ni kubok finaliga olib chiqdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatarda to‘p suradigan futbolchisi Sardor Rashidov “Al-Jaish”ni Valiahd shahzodasi kubogi finaliga olib chiqdi.
Musobaqaning yarim finaliga chempionatni dastlabki to‘rt o‘rinda yakunlagan klublar yetib kelgandi. Avvaliga kumush medalni qo‘lga kiritgan “As-Sadd”, bronza egasi “Ar-Rayyan” ustidan 3:2 hisobida ustun keldi. Keyin esa mamlakat chempioni “Lahviya” kuchli uchlikka kira olmagan “Al-Jaish”dan mag‘lub bo‘ldi — 2:3.
?????? : ??? #????? ?????? ??? #????? ??? ??????? ?90 #?????_????? ??? ????? #???_???_2017
A post shared by AlKass Sports Channels (@alkasssports) on
“Al-Jaish” futbolchilariga g‘alaba keltirgan gol Sardor Rashidov tomonidan urildi. Endi uning jamoasi finalda Xavi to‘p suradigan “As-Sadd” bilan bellashadi.
Ma’lumot uchun, chempionatning so‘nggi turida ham bu ikki klub o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lib, unda “As-Sadd” 2:1 hisobida zafar quchgan, Rashidov esa Xavi klubi darvozasiga Van Basten uslubida gol urgandi.
Qatar Valiahd shahzodasi kubogi
Yarim final o‘yini
21-aprel, juma
Gollar: Seydu Keyta, 24 (0:1). Rikardo Romarinyo, 50 (0:2). Ismoil Muhammad, 52 (1:2). Edgar Da Silva, 77 (2:2). Sardor Rashidov, 90 (2:3).
Добавить комментарий!
- отсутствуют
- отсутствуют