» » Konor Makgregor Habib Nurmagomedov bilan revansh jangiga ega bo‘lishi uchun nima qilishi kerakligi aytildi

Konor Makgregor Habib Nurmagomedov bilan revansh jangiga ega bo‘lishi uchun nima qilishi kerakligi aytildi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz mijozining ikki vazn divizioni sobiq chempioni Konor Makgregorga qarshi ehtimoliy revansh jangi haqida gapirdi.

“Makgregor revansh haqida gapirmoqda, biroq Habib unga bu imkoniyatni bermaydi. Konor o‘tirib, o‘z imkoniyatini kutishi kerak. U kamida uchta jangda g‘olib chiqishi zarur.

Makgregor ilk navbatda Islom Maxachevga qarshi jang qilishi kerak”, — deydi Abdulaziz.

Avvalroq irlandiyalik yakkakurashchi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Nurmagomedov o‘rtasidagi jang 2018-yilning oktabr oyida o‘tkazilgan. Unda rossiyalik jangchi og‘ritish usulini qo‘llab, raqibini taslim etgandi.

Habib sentabr oyida yengil vaznning vaqtinchalik chempioni Jastin Getjiga qarshi jang qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют