» » Barselona va Yuventus ozaro futbolchi almashish borasida kelishuvga erishdi

Barselona va Yuventus ozaro futbolchi almashish borasida kelishuvga erishdi


Barselona yarim himoyachisi Artur tez orada Yuventus futbolchisiga aylanadi.

ESPN nashrining xabar qilishicha, tomonlar ushbu hafta muzokaralarda katta siljishga erishgan. Garchi Arturga yaqin manbalar hech narsa ozgarmaganini takidlagan bolsa-da, Yuventus mazkur transferning amalga oshishiga ishonmoqda.

Qarama-qarshi yonalishda turinliklar yarim himoyachisi Miralem Pyanich Barselonaga otishi kutilmoqda. Klublar bu borada ham kelishuvga erishgan. Biroq transferlar alohida kelishuv asosida rasmiylashtiriladi.

Yuventus braziliyalik futbolchi uchun 60 million yevro tolaydi. Pyanichning narxi esa undan biroz arzonroq boladi.

Artur Turinda Barselonadagiga qaraganda koproq maosh oladi. Avvalroq futbolchining maoshi ikki barobar oshishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, Yuventus Artur transferi uchun 80 million yevro tolashi ham aytilgandi.

Eslatib otamiz, Artur Melo 2018-yilda Gremiodan katalonlar safiga otgan. Jamoa uning transferiga 30 million yevro sarflagan. Joriy mavsum yarim himoyachi La Ligada 20 ta oyin otkazib, uchtadan gol va golli uzatmaga muallif boldi.

Bosniyalik futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda Yuventus safida A Seriyada 23 oyinda uchta gol urdi va tortta golli uzatma amalga oshirdi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (25-06-2020, 21:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -