» » Amerikalik erkak katerini qutqarishga urinib, ikkita yo‘ltanlamasini suvga cho‘ktirib yubordi

Amerikalik erkak katerini qutqarishga urinib, ikkita yo‘ltanlamasini suvga cho‘ktirib yubordi


Minnesotalik erkak o‘zining Pavati lyuks katerini qutqaraman, deb Ford F-150 Raptor pikapi va Jeep Wrangler yo‘ltanlamasini suvga cho‘ktirib yubordi, deb xabar beradi Motor.

Ko‘ngilsiz hodisa Sidar Leyk shahridagi ko‘lda sodir bo‘lgan. Pavati sport kateri prichalga bog‘langan holda turgan, biroq u kutilmaganda suv ostiga cho‘ka boshlangan. Katerning narxi 300 ming dollar bo‘lgani sabab erkak zudlik bilan uni qutqarishga kirishgan.

Lyuks katerning cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida erkak Ford F-150 Raptor pikapi va Jeep Wrangler yo‘ltanlamasidan foydalanishga uringan. Avtomobillar suvli to‘siqlardan o‘tishga moslashtirilgan, biroq ikkala mashina ham chuqur ko‘llarga mo‘ljallanmagan. Omadsiz kechgan qutqaruv operatsiyasi sabab yo‘ltanlamaslar cho‘kib ketgan.

Cho‘kib ketgan ikki avtomobilning umumiy qiymati 80 ming dollarga teng. Biroq erkakning garajida yana Lamborghini Gallardo va Huracan, shuningdek, Audi R8 va yana bitta Jeep Wrangler mavjud.

Mavzuga doir: Avstraliyada ikki yil oldin okeanga cho‘kib ketgan bir juft Chevrolet Silverado suvdan chiqarib olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют