» » “Andijon” klubi murabbiyi: “PFL bilan hujjat bo‘yicha muammolarimiz bor”

“Andijon” klubi murabbiyi: “PFL bilan hujjat bo‘yicha muammolarimiz bor”


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 6-turi doirasida kechgan “So‘g‘diyona” — “Andijon” (1:1) uchrashuvidan so‘ng har ikki jamoa murabbiylari matbuot anjumanida qatnashdi.

Dastlab, andijonliklar murabbiyi Diyor Mirzaboyev o‘z fikrlarini bildirdi.

“Raqibimiz oxirgi ikkita o‘yinda O‘zbekistonning yetakchi klublarini (“Paxtakor” va “Lokomotiv” — izoh “Daryo”) mag‘lub etganini barcha biladi. Raqib o‘z maydonida ko‘p hujum qilishini taxmin qilib, himoyaviy o‘yin tashkil etdik. Qarshi hujumda raqibni jazolashga urindik. Menimcha, durang adolatli natija bo‘ldi. Yutqazishimiz ham mumkin edi, birinchi bo‘limda Usmonov keyinchalik Ibe o‘z vaziyatlaridan unumli foydalanganida umuman boshqacha vaziyat bo‘lardi.

Viktor Kumikov nega hamon qaydnomadan o‘rin olmayapti? Bu savolni menga emas, klub rahbariyatiga berilsa to‘g‘riroq bo‘lardi. Menga ma’lum bo‘lishicha, PFL bilan hujjat bo‘yicha muammolarimiz bor. Bundan tashqari Kumikovning PRO litsenziyasi muddati o‘tib qolgan, yaqin orada litsenziya muddatini yangilaydi”, — deydi Mirzaboyev.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “So‘g‘diyona” ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ikkita g‘alabadan keyin qoniqarsiz natija qayd etdik. Barcha o‘yinni yutib bo‘lmaydi. Hakam hushtagi chalinguniga qadar o‘ynash kerak. Barcha yigitlarga o‘yin uchun rahmat, keyingi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Himoyaviy o‘yin ko‘rsatyapmiz? Bu safar unday bo‘lmadi, ikki hujumchi bilan o‘ynadik. Shunchaki gol urganimizdan keyin himoyaga ko‘proq e’tibor qildik va bir hujumchi bilan harakat qildik. Bugun himoyadan o‘ynashga majbur qiladigan raqib bilan o‘ynamadik.

Hakamlik? Ularga e’tirozim yo‘q. Shunchaki o‘yin paytida ehtiroslar junbishga keladi. Hakamlarga o‘yin uchun rahmat.

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirdi. Biz darhol gol urdik, o‘yin jonlandi. Shunchaki o‘yin oxirida konsentratsiyani yo‘qotib qo‘ydik. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, bu futbol. Raqib chiroyli gol urdi”, — deydi Baqoyev.

Ushbu o‘yindan so‘ng “So‘g‘diyona” ochkolari sonini 8 taga yetkazib “Navbahor”ga yetib olgan bo‘lsa, “Andijon” 3 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют