» » Krishtianu Ronalduning A Seriyada gol urgan klublari soni 20 taga yetdi. U faqat bir jamoaga gol ura olmagan

Krishtianu Ronalduning A Seriyada gol urgan klublari soni 20 taga yetdi. U faqat bir jamoaga gol ura olmagan


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya doirasida o‘tkazilgan “Lechche”ga qarshi o‘yinda (4:0) penaltini aniq amalga oshirib, o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Lechche” portugaliyalik futbolchi uchun Italiya chempionatida darvozasiga to‘p kiritgan 20-jamoa bo‘ldi. Qayd etish joiz, A Seriyada faqat “Kyevo” Ronaldudan gol o‘tkazib yubormagan. Ushbu jamoa o‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra B Seriyaga tushib ketgan.

Ronaldu 2018-yildan beri “Yuventus” sharafini himoya qilib keladi. Ushbu mavsumda u Italiya chempionatining 24 o‘yinida maydonga tushib, 23 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют