» » Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi


“Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Bundesliga tomonidan joriy etilgan individual sovrin uchun shuningdek, Serj Gnabri (“Bavariya”), Jeydon Sancho, Erling Holand (ikkisi — “Borussiya” Dortmund), Amin Harit (“Shalke-04”), Timo Verner (“Leypsig”) va Kay Haverts (“Bayer”) kabi futbolchilar kurash olib borgandi.

Avvalroq “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis Germaniya chempionati joriy mavsumining kashfiyoti deb e’tirof etilgandi.

Polshalik futbolchi Bundesliganing 2019/20-yilgi mavsumida 33 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi. So‘nggi tur oldidan Robert eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют