» » Superliga. “Navbahor” Bekobodda g‘alaba qozondi, OKMK esa “Mash’al”ni taslim qildi

Superliga. “Navbahor” Bekobodda g‘alaba qozondi, OKMK esa “Mash’al”ni taslim qildi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasi 6-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv yakunlandi. OKMK o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qilgan bo‘lsa, “Navbahor” Bekobodning “Metallurg” jamoasi maydoniga safar qildi.

Bekobodda kechgan bahsda mehmonlar a’zosi Aziz Turg‘unboyev 10-daqiqada gol urib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 20-daqiqaga kelib esa “Navbahor” darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik zarbani Stanislav Andreyev aniq amalga oshirdi – 1:1. 40-daqiqada Aziz Turg‘unboyev o‘zining ikkinchi golini kiritib, jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada esa namanganliklar yana bir bor hisobni oshirdi. Bu safar golga Ruslan Bolov mualliflik qildi.

“Navbahor” mazkur g‘alabadan keyin 11 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, “Metallurg” esa 10 ochkosi bilan 7-pog‘onaga joylashgan.

Olmaliqdagi bahs esa mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golga Bahrom Abdurahimov mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin Olmaliq klubi 14 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi, “Mash’al” esa 6 ochko to‘plagan holda 9-o‘rindan joy olgan.

6-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinishda:

6-tur bahslari

27-iyun, shanba

Gollar: 1:0 — 71 Abdurahimov.

OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shoraxmedov, Dilshod Jo‘rayev, Bobur Yo‘ldoshev, Murod Toshmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Shahzod Nurmatov, 72) Sanjar Tursunov, Bahrom Abdurahimov (Hojimat Erkinov, 72), Arslonmurod Amanov (Sardor Rahmonov, 90+2), Zafar Polvonov.

“Mash’al”: Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Sirojiddin Rahmatullayev, Nikita Pavlenko (Jahongirbek Abdusalomov, 87), Sherzod Temirov, Mo‘minjon Meliyev (Ifeani Ifeani, 76), Jamoliddin Ubaydullayev, Abbos Shodmonov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurullayev, Denis Vasilev (Didar Durdiyev, 87).

Ogohlantirishlar: Shodmonov 24, Davronov 61, Normurodov 84,

Gollar: 0:1 – 10 Turg‘unboyev, 1:1 – 20 Andreyev, 1:2 – 40 Turg‘unboyev, 1:3 —75 Bolov.

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov,Abbosjon Otaxonov,Doniyor Narzullayev (Murodbek Bobojonov, 70), Salamat Qutiboyev,Shahzod Ubaydullayev (Shahzodbek G‘ofurbekov, 70), Abror Toshqo‘ziyev (Abdurahmon Abdulhaqov, 55), Kamoliddin Tojiyev, Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev (Zohid Abdullayev, 55), 88.Yevgeniy Chumak.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov, Ivan Solovyov,Aziz Turg‘unboyev, Islombek Isoqjonov ( Abbos G‘ulomov, 57),Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Javlon Ibrohimov, 73), Xurshidbek Muxtorov, Tohirjon Shamsitdinov, Zabihillo O‘rinboyev (Ruslan Bolov, 73).

Ogohlantirishlar: Turg‘unboyev 32, Ahmedov 63.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют