» » Irina Viner va Alina Kabayeva Toshkentga tashrif buyurdi (foto)

Irina Viner va Alina Kabayeva Toshkentga tashrif buyurdi (foto)


21-aprel kuni Toshkentdagi Gimnastika saroyida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi doirasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda Rossiya Federatsiyasining badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Jamoa bilan birgalikda Toshkentga uning bosh murabbiyi va Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner yetib keldi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.

Shu kuni Jahon kubogi bosqichining rasmiy ochilish marosimiga faxriy mehmon sifatida Alina Kabayeva ham yetib keldi.

Samarqandda tug‘ilgan Irina Viner badiiy gimnastika bo‘yicha uch karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. 1992-yildan u Moskvada yashab keladi va 2001-yildan Rossiyaning badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoasiga murabbiylik qiladi.

Uning shogirdi Alina Kabayeva esa badiiy gimnastika bilan Toshkentda shug‘ullanishni boshlagan, 1995-yildan Moskvaga ko‘chib o‘tib, sport karyerasini Irina Viner rahbarligi ostida davom ettirgan.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют