» » Karaokeda qo‘shiqning avjiga chiqqan xitoylik ayolning o‘lishiga bir baxya qoldi

Karaokeda qo‘shiqning avjiga chiqqan xitoylik ayolning o‘lishiga bir baxya qoldi


Xitoyning Dalyan shahrida yashovchi Chjan familiyali ayol karaokeda qo‘shiq ayta turib, o‘lishiga bir baxya qoldi, deb yozadi Daily Mail.

Ayol qo‘shiqning avjiga chiqqanida bosh miya tomiri yorilib ketdi.

Ushbu hodisa oilaviy karaoke-tadbirda 55 yoshli ayol bilan sodir bo‘ldi. U ikkita qo‘shiq ijro etgan, so‘ngra yuqori tonallikka ega bo‘lgan Xitoy xalq qo‘shig‘ini kuylamoqchi bo‘lgan.

Qo‘shiqni ayta turib Chjan kuchli bosh og‘rig‘i hamda ko‘ngil aynishini his etgan.

Qarindoshlari ayolni shu zahoti shifoxonaga olib bordi. Shifokorlar ayolga miya qon tomirining yorilishi tashxisini qo‘ygan. Chjan ikki soat operatsiya stolida yotgan, uning tomiri qayta tiklangan. Hozirda u tibbiyot muassasasida reabilitatsiya davrini boshdan kechirmoqda.

Tibbiyot xodimlarining aytishicha, Chjan qandli diabet va yuqori qon bosimi tufayli shunday holatga tushgan. Karaokeda baland notada qo‘shiq aytish tufayli qon tomiri yorilib ketgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют