» » AQShda 30 yillik Mustang kabrioleti yangi sportkar narxida sotildi

AQShda 30 yillik Mustang kabrioleti yangi sportkar narxida sotildi


AQShning Arkanzas shtatida 1990-yilda ishlab chiqarilgan qizil rangli Ford Mustang kabrioleti 35 ming dollarga sotildi. Ushbu mablag‘ga yangi sportkar xarid qilish mumkin edi, deb xabar beradi Motor.

30 yil oldin ishlab chiqarilgan Ford Mustang narxining qimmatligi avtomobil ajoyib holatda saqlab qolingani bilan izohlanmoqda. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, mashina shu vaqtga qadar garajda saqlangan. Mustang’ning hech yeri zanglamagan, tom qismi ochiladi, barcha agregatlari ishlaydi. Kabriolet saloni oq charm bilan qoplangan bo‘lib, xuddi yangidek turibdi.

Mazkur model hozirga qadar 2092 kilometr yo‘l bosgan. Ford Mustang’ning uchinchi avlodi 1979-yildan 1993-yilga qadar ishlab chiqarilgan. Avtomobilga 230 ot kuchi va 400 Nm aylanuvchi momentga ega 5,0 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan. Agregat besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Ayni vaqtda AQShda yangi Ford Mustang kabrioletini 32 170 dollarga xarid qilish mumkin. Avtomobilga 210 ot kuchiga ega 2,3 litrli EcoBoost dvigateli o‘rnatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют