» » Marg‘ilonda Damas urib yuborgan piyoda vafot etdi

Marg‘ilonda Damas urib yuborgan piyoda vafot etdi


Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Damas va piyoda o‘rtasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida fuqaro vafot etdi, deya xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, 22-iyun kuni Q.D. o‘z boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasini Al-Farg‘oniy ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotib, qatnov qismini kesib o‘tayotgan piyoda X.K.ni urib yuborgan. Hodisa oqibatida X.K. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mavzuga doir: Namanganda 9-sinf o‘quvchisi mashinada 3 ayolni urib yubordi, ulardan biri vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sergelida 57 yoshli ayol, Shayxontohurda 10 yoshli bola YTH oqibatida halok bo‘lgani haqda xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют