» » Lionel Messi faoliyatidagi 700-golini urdi. Faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida undan oldinda faqat bir futbolchi bor

Lionel Messi faoliyatidagi 700-golini urdi. Faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida undan oldinda faqat bir futbolchi bor


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi bahsda 11 metrlik penaltini aniq amalga oshirdi.

Shu tariqa Messi faoliyatidagi 700-golini urdi. U “Barselona” safida 724 o‘yin o‘tkazib, 630 ta gol urgan. Argentina terma jamoasi safida esa 138 uchrashuvda 70 ta golga mualliflik qilgan.

33 yoshli Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu mavsumda Ispaniya chempionatining 28 o‘yinida maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Messi Chempionlar Ligasi bahslarida ham 2 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2021-yilning yozigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, faoliyatini hamon davom ettirayotgan futbolchilar orasida Messi gollar soni bo‘yicha faqat Krishtianu Ronaldudan ortda qolmoqda. Ronaldu hozirgacha 728 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют