» » Farg‘onada Damas’lar ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri vafot etdi

Farg‘onada Damas’lar ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri vafot etdi


Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida ikkita Damas ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 2020-yilning 27-iyun kuni fuqaro M.Sh. boshqaruvidagi Damas Uchko‘prik tumani Suyunchol qishlog‘i hududidan harakatlanib kelayotgan Yu.B. boshqaruvidagi yana bir Damas avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas haydovchisi M.Sh. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, haydovchi Yu.B., yo‘lovchilar N.Z. va M.N.lar ham tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют